O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Nukus sh.

+ 998 97 508 06 05
yurtcamptours@gmail.com

Biz haqimizda

Biz hali juda yosh kompaniya bo’lishimizga qaramasdan, biz O'zbekiston Respublikasida turizmni tashkil etish bo'yicha yetarlicha tajribaga egamiz, deb ayta olamiz. Bizning ish prinsiplarimiz quyidagilar: xushmuomalalik, ehtiyotkorlik, mijozlarning xohishlariga e’tiborlilik; to'laganingizdan ko'proq narsani qilish tamoyili bo’yicha ishlash. Biz o’zimiz individual avtoturlarni turistik sayohatlarning eng maqbul va qulay usuli sifatida tanlaganmiz.

Biz bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlab, siz vositachilarga ortiqcha pul to'lamaysiz. Biz o'z ishimizni yaxshi ko'ramiz va hisoblaymizki, eng qiyin turistik sayohatni faqatgina kuchli sevgi va qalb bilan amalga oshirsa bo’ladi.

Bizda har doim yaxshi texnik va estetik holatdagi sayohatlar uchun transport va uskunalar mavjud. Dala lageri esa barcha zarur jihozlarga ega: chodirlar, yotoq sumkalari, oshxona jihozlari, stollar, stullar, yoritish asboblari, dush va boshqalar.

Ishonchimiz komilki, bizning xizmatlardan bir marta foydalanib, siz bizning mijozimiz bo'lib qolasiz va do'stlaringizga taklif qilasiz.